Tez kartangizni Hamkorbank kassalarida, Kapitalbank bankomatlarida, Paynet to‘lov terminallarida, shuningdek, Tez ilovasidagi "Kartani to‘ldirish" menyusida Humo yoki Uzcard kartangizdan komissiyasiz to‘ldirishingiz mumkin
Tez kartasidan pulni qayerdan yechib olsa bo‘ladi?
Kartadan shaxsiy mablag‘laringizni quyidagi joylarda yechib olishingiz mumkin:
O‘zbekistondagi istalgan bankning bankomat va kassalaridan. Oyiga 5 million so‘mgacha bepul, undan ortiq bo‘lsa - 1% komissiya to‘lanadi
Chet elda - 2% komissiya olinadi
Kredit limiti hisobidan naqd pul yechib olinganda 2,9% miqdorida komissiya undiriladi.
Shaxsiy mablag‘lar hisobidan o‘tkazmalar uchun qanday komissiya olinadi?
Tez ilovasidaTez kartalariga - bepul.
Tez ilovasida Uzcard, Humo va Visa kartalariga: oyiga 10 million so‘mgacha bepul, undan yuqorisi - 1%
Kredit mablag‘lari hisobidan o‘tkazmalar uchun qanday komissiya olinadi?
Kredit mablag‘larini o‘tkazish uchun komissiya, qabul qiluvchining kartasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, 2,9 foizni tashkil etadi.
Tezda qanday to‘lovlar komissiyasiz amalga oshiriladi?
Mobil telefonni to‘ldirish, internet va kommunal to‘lovlar, davlat xizmatlari to‘lovlari, jarimalarni to‘lash
Muayyan davr uchun kartadan ko‘chirmani qanday olsa bo‘ladi?
"Karta sozlamalari" menyusidan "Karta bo‘yicha ko‘chirma" bo‘limini tanlang