Orzuingiz uchun mablag'ni oson va tez jamg'aring! Yiliga qo'shimcha 12% daromad oling 🤑
QR-kodni skanerlang va ilovani yuklab oling
Tez Xazina bilan sizning foydangiz
Foiz hisoblash
Xazinadagi mablag'lar uchun yiliga 12% daromad hisoblaymiz. Foizlar har oy asosiy summaga qo'shiladi va jamg'armangiz yanada tez o'sadi!
Jamg'arish qoidalari
Avtomatik jamg'arish qoidalari byudjetingizga sezilmagan holda pul yig'ishga yordam beradi
Mablag'laringizni himoyalash
Xazina mablag'laringiz O'zbekiston Respublikasi Omonatlarni kafolatlash jamg'armasi tomonidan himoyalangan
Xazinani yopish
Siz istalgan vaqtda Xazina yopib, barcha mablag'ni foizlari bilan birga yechib olishingiz mumkin
Qisman pul yechib olish
Xazina mablag'ning bir qismini yechib olib, qolgan summa uchun foiz olishni davom ettirishingiz mumkin
Sizning noyob AI-avataringiz
Xazina uchun avatar o'ylab toping, sun'iy intellekt esa sizning tavsifingiz asosida tasvir yaratadi
Xazinani qanday ochish mumkin
Tez ilovasida «Yana» bo'limiga o'ting va «Xazina»ni tanlang
Jamg'arish maqsadingizni va kerakli summani kiriting
Qulay to'ldirish qoidalarini sozlang
Sun'iy intellekt yordamida Xazina uchun avatar yarating
Jamg'armani qanday to'ldirish
Xarajatlardan ulush
Misol: siz 550 000 UZS miqdorida xarid qilasiz. Siz xarajatlardan 10% miqdorida avtomatik to'ldirishni tanlagansiz. Xariddan so'ng kartangizdan 605 000 UZS yechib olinadi, shundan 55 000 UZS "Xazina"ga tushadi.
Karta balansini yaxlitlash
Kun oxirida kartangizda 998 230 UZS qoladi, siz esa balansni 10 000 UZS gacha yaxlitlashni tanlagansiz. Kun yakunida "Xazina"ga 8 230 UZS o'tkaziladi.
Qo'lda to'ldirish
Siz Tez kartangiz orqali istalgan vaqtda, o'zingizga qulay miqdorda "Xazina"ni qo'lda to'ldirishingiz mumkin.
Xarajatlarni yaxlitlash
Misol: siz 485 700 UZS miqdorida xarid qilasiz. Siz xarajatlarni 10 000 UZS ga yaxlitlashni tanlagansiz. Kartangizdan 490 000 UZS yechib olinadi, shundan 4 300 UZS "Xazina"ga o'tkaziladi.
Muntazam to'lovlar
Siz o'zingiz istagan sana va miqdorni belgilaysiz — ushbu summa har oy avtomatik tarzda kartangizdan "Xazina"ga o'tkaziladi.
FAQ 🧐
Xazina nima uchun kerak?
Xazina sizga har qanday maqsadlar uchun pul yig'ishga va jamg'armalardan daromad olishga yordam beradi. Siz o'zingiz qanday usulda va qaysi tezlikda pul jamg'arishni mustaqil tanlaysiz.
Xazinani qanday to'ldirish mumkin?
Xazinani avtomatik tarzda — xarajatlardan foiz ajratish, xarajatlarni yaxlitlash yoki muntazam to'lovlar orqali, shuningdek istalgan vaqtda qo'lda ham to'ldirish mumkin.
Xazinadagi pulga foiz hisoblanadimi?
Ha. Xazinadagi mablag'ga yillik 12% foiz hisoblanadi. Foizlar har oy to'lanadi va xazina summasiga qo'shib boriladi.
Xazinadan pul yechib olish mumkinmi?
Ha. Siz Xazinani yopib, barcha mablag'ni hisoblangan foizlar bilan birga olishingiz yoki Xazinani to'liq yopmasdan qisman pul yechib olishingiz mumkin.
Nechta Xazina ochish mumkin?
Siz bir vaqtning o'zida 10 tagacha Xazina ochib, turli maqsadlar uchun jamg'arishingiz mumkin.
Muddat yoki summa bo'yicha cheklovlar bormi?
Yo'q. Siz o'zingiz qancha jamg'arishni va pulni Xazinada qancha muddat saqlashni mustaqil belgilaysiz.