Xazina sizga har qanday maqsadlar uchun pul yig'ishga va jamg'armalardan daromad olishga yordam beradi. Siz o'zingiz qanday usulda va qaysi tezlikda pul jamg'arishni mustaqil tanlaysiz.
Xazinani qanday to'ldirish mumkin?
Xazinani avtomatik tarzda — xarajatlardan foiz ajratish, xarajatlarni yaxlitlash yoki muntazam to'lovlar orqali, shuningdek istalgan vaqtda qo'lda ham to'ldirish mumkin.
Xazinadagi pulga foiz hisoblanadimi?
Ha. Xazinadagi mablag'ga yillik 12% foiz hisoblanadi. Foizlar har oy to'lanadi va xazina summasiga qo'shib boriladi.
Xazinadan pul yechib olish mumkinmi?
Ha. Siz Xazinani yopib, barcha mablag'ni hisoblangan foizlar bilan birga olishingiz yoki Xazinani to'liq yopmasdan qisman pul yechib olishingiz mumkin.
Nechta Xazina ochish mumkin?
Siz bir vaqtning o'zida 10 tagacha Xazina ochib, turli maqsadlar uchun jamg'arishingiz mumkin.
Muddat yoki summa bo'yicha cheklovlar bormi?
Yo'q. Siz o'zingiz qancha jamg'arishni va pulni Xazinada qancha muddat saqlashni mustaqil belgilaysiz.