Tez kartasini qanday olish mumkin?
ilovasini yuklab oling, oddiy ro‘yxatdan o‘tishni bajaring. Bu atigi bir necha daqiqa vaqtingizni oladi va kartani manzilingizga bepul yetkazib berish xizmatini buyurtma qiling.
Tez kartasining narxi qancha?
Karta mutlaqo bepul (chiqarish, yetkazib berish va xizmat ko‘rsatish)!
Qancha miqdorda kredit olishim mumkin?
Siz 50 000 000 UZSgacha kredit olishingiz mumkin. Bundan tashqari, 62 kungacha kreditdan bepul foydalanishingiz mumkin. Cheklovning aniq miqdorini ilovada ro‘yxatdan o‘tgandan keyin bilib olasiz
Talaba Tez kartasini olishi mumkinmi?
Ha, Tez kartasi O‘zbekiston Respublikasining barcha voyaga yetgan fuqarolari, shu jumladan talabalar ham rasmiylashtirishi mumkin. Biroq, kredit limiti faqat tasdiqlangan daromad manbai mavjud bo‘lgan taqdirdagina beriladi
Tez o‘zi nima?
Bu Hamkorbankning qulay foiz stavkalari va murakkab rasmiyatchiliklardan holi, soddalashtirilgan kredit olish jarayonini taklif etuvchi mobil xizmatidir
Tezda qanday komissiyalar bor?
Agar siz ortiqcha xarajatlarsiz xizmatlarni afzal ko‘rsangiz, "Tez" sizga ma’qul keladi. Aksariyat xizmatlardan bepul foydalanish mumkin:
  • Kartani chiqarish va yetkazib berish
  • Pul o‘tkazmalari
  • To‘lovlar
  • Mobil hisobni to‘ldirish
  • Kredit limiti - 62 kungacha bepul
Yashirin to‘lovlarsiz shaffof shartlar - bank aynan shunday ishlashi kerak!
Tez kartasini rasmiylashtirish uchun qanday hujjatlar kerak?
Ilovada ro'yxatdan o'tish uchun shaxsiy identifikatsiya raqami (PINFL) yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta yoki xorijga chiqish pasporti) seriyasi va raqamini kiritish yetarli