Kredit limitini qanday bilishingiz mumkin?
Tez ilovasida ro‘yxatdan o‘tganingizda, sizga kredit limitini hisoblab chiqamiz va xabar yuboramiz. Karta faollashtirilgandan so‘ng, mavjud limit miqdori ilovaning asosiy ekranida ham aks etadi
Kredit limitining miqdori nimaga bog‘liq?
Kredit limitining miqdori bir necha omillarga bog‘liq. Masalan, sizning kredit tarixingiz, daromad darajangiz va boshqalarga. Tez kartasidan foydalanib, to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirib borganingiz sari, limitingiz oshib borishi mumkin
Tez kartasining imtiyozli davri qancha?
Tez kartasi bo‘yicha imtiyozli davr 62 kungacha bo‘ladi - bu kredit mablag‘laridan foydalanishni qachon boshlashingizga bog‘liq. Imtiyozli davrda qolish uchun joriy oydagi qarzni keyingi oyning oxirigacha to‘lashning o‘zi yetarli.
Kredit limitidan foydalanish uchun foiz stavkasi qancha?
Imtiyozli davrda - 0%, imtiyozli davr tugagandan so‘ng - yillik 43,2% ni tashkil etadi
Kredit limiti bo‘yicha minimal to‘lov qancha?
Oylik to‘lov qarz summasining 5 foizini tashkil etadi (biroq 50 000 so‘mdan kam bo‘lmagan va qarz qoldig‘idan oshmaydigan miqdorda)
Majburiy to‘lovni qaysi sanagacha kiritish kerak?
Minimal to‘lovni oy oxirigacha kiritish lozim.
Minimal to‘lov o‘z vaqtida to‘lanmasa, nima bo‘ladi?
To‘lanmagan minimal to‘lov summasi kechikkan qarz sifatida hisoblanadi. Sizga bir martalik 30 000 so‘mlik jarima belgilanadi, shuningdek, kechiktirilgan qarz summasiga kunlik penya hisoblanadi. Bu penya miqdori yillik 60 foizni tashkil etadi.
Kredit limitidan qanday foydalanish mumkin?
Siz kredit limitidan tovar va xizmatlar uchun to‘lov qilishda hech qanday komissiyasiz foydalanishingiz mumkin. Bundan tashqari, 2,9% komissiya evaziga naqd pul yechib olishingiz yoki boshqa kartalarga pul o‘tkazishingiz ham mumkin.