Keshbek qanday hisoblanadi?
Siz Tez ilovasida keshbek toifalarini tanlaysiz va xaridlaringizni kartangiz bilan to‘laysiz. To‘lov amalga oshirilishi bilanoq, sarflangan summaning belgilangan foizi shu zahoti keshbek hisobingizga o‘tkaziladi
To‘plangan keshbekni qachon yechib olish mumkin?
Kamida 50 000 so‘m to‘plaganingizda keshbekni yechib olishingiz mumkin. Buning uchun "Keshbek" bo‘limiga kirib, "Kartaga pul yechish" tugmasini bosing - mablag‘ avtomatik tarzda kartangizga o‘tkaziladi
Bir oyda qancha keshbek yig‘ish mumkin?
Bir oyda olinadigan eng ko‘p keshbek miqdori — 300 000 UZS
Kredit mablag‘lari bilan to‘lov amalga oshirilganda keshbek hisoblanadimi?
Ha, kredit limiti hisobidan xaridlar uchun to‘lov amalga oshirilganda, tanlangan toifalardan qat’i nazar, 0,5% miqdorida keshbek hisoblanadi.
To‘plangan keshbek miqdorini qayerdan ko‘rish mumkin?
Keshbek summasini Tez ilovasining "Keshbek" bo‘limida ko‘rishingiz mumkin
Keshbek to‘langanini qanday bilsa bo‘ladi?
Har bir xarid amalga oshirilgandan so‘ng, sizga push-xabarnoma keladi. To‘langan summani "Keshbek" bo‘limida yoki asosiy ekrandagi hisobotda tekshirib ko‘rishingiz mumkin